AQSh o‘zbek paxtasini bolalar va majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Buning natijasida AQShga paxta eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Biroq, mamlakatda ipak pilla yetishtirishda hamon majburiy mehnat qo‘llaniladi, deya xabar beradi AQSh mehnat vazirligi.
Shavkat Mirziyoyev Cotton Campaign o‘zbek paxtasiga boykotni bekor qilganiga munosabat bildirdi. «Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani», — deya ta’kidladi u. Shu bois, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, chetga sotuvchi korxonalarga eksportyorlarning imtiyozlari berilishi, dastgohlari uchun bojxona boji undirilmasligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting